Biznesingizga sayt — Telegram'dagi bitta suhbatda
Botdagi savollarga javob bering — AI bir necha daqiqada saytingiz dizaynini telefon va kompyuter uchun tayyorlaydi. Yoqsa, bugunoq ishga tushiramiz.
Qanday ishlaydi
Botga yozing
~15 ta savol: biznesingiz, xizmatlar, uslub, ranglar. Ko'pi tugma bilan — 5 daqiqa.
Dizaynni oling
Telefon va kompyuter ko'rinishi hamda jonli havola. Yoqmasa — 3 martagacha qayta.
Tasdiqlang
Kartangizni ATMOS orqali ulang: 600 000 so'm bir marta, keyin oyiga 99 000 so'm.
Sayt ishlaydi
nomingiz.bitta.uz manzilida. Saytdagi arizalar to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ingizga keladi.
Oylik to'lovga hammasi kiradi
Server, xavfsizlik va o'zgartirishlar haqida o'ylamaysiz. Narx yoki rasm o'zgardimi — botga yozasiz.
Kimlar uchun
Har bir dizayn tayyor shablon asosida, sizning matn, rang va rasmlaringiz bilan.Landing: menyu yoki mahsulotlar, manzil, buyurtma formasi.
Salon, klinika, o'quv markaz, usta: xizmatlar, narxlar, yozilish.
Dizayner, fotograf, ustoz, mutaxassis: ishlar, tajriba, aloqa.
Narx — oddiy va ochiq
- 3 marta qayta dizayn
- nomingiz.bitta.uz manzili
- Server, SSL, zaxira
- Arizalar Telegram'ga
- Matn, narx, rasm o'zgartirish
- Har qo'shimcha sahifa +$50
Internet-do'kon, shaxsiy kabinet, to'lov tizimi yoki ko'p funksiyali platforma kerakmi? Botda «Murakkab» ni tanlang — o'zimiz bog'lanamiz.
Ariza qoldirishSavollar
Dizayn yoqmasa nima bo'ladi?
Nimani o'zgartirish kerakligini yozasiz — 3 martagacha qayta tayyorlaymiz. Baribir yoqmasa, hech narsa to'lamaysiz.
Oylik to'lov qanday yechiladi?
Kartangiz ATMOS orqali bir marta ulanadi va har oy shu sanada 99 000 so'm avtomatik yechiladi. Uch kun oldin botga eslatma keladi.
O'z domenimni ulasam bo'ladimi?
Ha. Bot DNS sozlamasini ko'rsatib beradi, SSL avtomatik ulanadi. Domeningiz yo'q bo'lsa, sotib olib ulab beramiz.
To'lovni to'xtatsam sayt nima bo'ladi?
7 kun kechiksa sayt vaqtincha yopiladi; to'lov qilsangiz darhol qayta ochiladi. 30 kundan keyin o'chiriladi.
Logo va rasmlarim yo'q — muammomi?
Yo'q. Logoni nomingizdan yasaymiz, rasmlarni biznesingizga mos fotobankdan tanlaymiz.